Внимание! Веб-Сайт работает в тестовом режиме
04-Ноября, 2025-год, Вторник

Подростки

MAHALLA RAISIGA “QANOT”MIZ

Davlatimiz rahbari mahalladagi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisini oqsoqolning “ikki qanot”iga qiyosladilar. Darhaqiqat, bu lavozim egalari yordamida yurtimizdagi barcha o‘g‘il-qizning bandligini taʼminlash, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yanada tezlashadi.

Yaqinda Prezidentimiz tumani­mizga tashrif buyurgan chog‘da biz, yoshlar vakillari bilan suhbat qilib, bu lavozim nima uchun joriy qilingani, bizdan qanday natijalar kutayotganini tushuntirib berdi­lar. Jumladan, yoshlar orasida ji­noyatchilik sodir etilish holatlari tez-tez ko‘zga tashlanayotgani, bu eng og‘riqli nuqtalarimizdan biri ekanini alohida ta’kidladi. 18-30 yoshdagi fuqarolar boshi berk ko‘chalarga kirib qolayotganini, shu davrda yoshlarni har tomonla­ma qo‘llab-quvvatlashga, vatan­parvarlik ruhida tarbiyalashga harakat qilishimiz kerakligini taʼkid­ladi.

Bu tavsiyalardan keyin men o‘z oldimga yangi rejalar tuzib oldim. Avvalo, yoshlar muammolari ham­da takliflari, ularni qiziqtiradigan soha va yo‘nalishlar bo‘yicha xat­lov qilishga kirishdim.

Yoshlar balansini shakllantir­ish orqali mahallamizda 1144 nafar o‘g‘il-qiz yashayotganini aniqlad­im. Mahalla yoshlarini tavsiya etilgan “5+1” yondashuvi asosida o‘rganib, ish va taʼlim bilan ban­dligini taʼminlash, oilaviy, ijtimoiy hamda salomatlik holati bo‘yicha toifalarga ajratdik.

Natijada mahallada 32 nafar yosh ishsiz ekani maʼlum bo‘ldi. Ho­zir ularning 16 nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qityapmiz. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayot­gan yoshlar bilan suhbatlashdik, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandik. Shartnoma asosida tah­sil olayotgan o‘quvchi-talabalar orasida kontrakt pulini to‘lashga qiynalayotganlarini “Yoshlar daft­ari”ga kiritib, shartnoma pullarini to‘lashga ko‘maklashyapmiz.

SHU PAYTGACHA MAHALLADA 6 TA TO‘GARAK BOR EDI. HOZIR ULAR SONINI 13 TAGA YETKAZDIK. TO‘GARAK MASHG‘YLOTLARIGA 370 DAN ORTIQ YOSHLARNI JALB QILGANMIZ.

Yoshlar bekor yurishi turli ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilishi­ga sabab bo‘lib qoladi. Ularning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish maqsadida kitobxonlik, sanʼat va madaniyat, sport to‘garaklariga jalb qildik. Shu paytgacha ma­hallada 6 ta to‘garak bor edi. Ho­zir ular sonini 13 taga yetkazdik. To‘garak mashg‘ylotlariga 370 dan ortiq yoshlarni jalb qilganmiz. Shaxmat-shashka, mini-futbol, ti­kuvchilik, zardo‘zlik, sartaroshlik kabi qator to‘garaklar shular jum­lasidan.

Mahallamizda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ko‘magi­da iqtisodiyot sohasida o‘qish istagidagi yoshlar uchun bepul o‘quv kursi ochildi. Unda saralab olingan 45 nafar yoshga haftada uch marta sohaning malakali mu­taxassislari dars o‘tmoqda.

Mahallamizdagi 18 yashar Azam Toirovning mahorat bilan futbol o‘ynashi eʼtiborimni tortdi. U bilan suhbatlashib, futbolga qiziqishini, ammo biror to‘garakka qatnash­masligini bildim. Oilasi bilan suh­batlashdim. Ularning aytishicha, farzandi mablag‘ yetishmasligi sabab futbol to‘garaklariga bora olmagan. Mu masala yuzasidan “Paxtakor” futbol klubiga muro­jaat qildim. Ular bolaning maho­ratini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgach, javob berishini aytishdi. Azamjon sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, birinchi urinishda “Paxtakor” futbol kulib tarkibiga qabul qilindi.

“Bir nuroniy — 10 nafar yosh” tamoyili asosida profilaktik ro‘yx­atda turgan, tarbiyasi og‘ir yoshlarni mahallamiz nuroniy­lariga biriktirdik. Mart oyida Milliy gvardiyaning hududiy boshqar­masi bilan hamkorlikda ro‘yxatda turadigan yoshlarning 39 nafarini bir haftaga harbiy poligonga olib borishni rejalashtiryapmiz. Ular harbiylar hayoti bilan tanishib, shu muhitda yashab, o‘zlariga kerakli xulosalar chiqarishiga ishonaman. Bu ham ularni vatanparvarlik ruhi­da tarbiyalashga yordam beradi. Agar bu yoshlarda harbiy xizmatni o‘tash istagi paydo bo‘lsa, ularni harbiy xizmatga jo‘natmoqchimiz. Harbiy xizmat uchun to‘lov sub­sidiya asosida to‘liq qoplab ber­iladi.

Hozirgi kungacha mahallamizda ikki marta yoshlar festivalini o‘tka­zdik. Buni shunchaki hisobot uchun emas, balki yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotga kirishish, g‘oyalari, qiziq­ishlarini o‘rganish uchun tashkil qil­dik. Birinchi festivalda 300 nafardan ziyod yosh ishtirok etgandi, ikkin­chisida 600 nafar o‘g‘il-qiz qatnash­di. Festivallarga vazirlik va mahalliy hokimlik mutasaddilari, Milliy gvard­iya vakillari ham taklif etildi.

 

Islombek JODIQOV,

Yangihayot tumanidagi Do‘stlik mahallasi yoshlar yetakchisi.