Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“C” ligada Navoiy tengsiz!

23.11.2023 1322

Umid Xudoyqulov, Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi bosh mutaxassisi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 16-21 va 22-26 yosh toifalarida “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol musobaqasining “C” ligasi Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tdi.

16-21 yosh toifasida 1-o‘rinni Navoiy viloyati Zarafshon shahar “O‘zbekiston” mahallasi, 2-o‘rinni Toshkent viloyati Piskent tumani “Kelovchi” mahallasi, 3-o‘rinni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Katta Olmazor” mahallasi; 22-26 yosh toifasida 1-o‘rinni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi, 2-o‘rinni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Oqiritma” mahallasi, 3-o‘rinni Buxoro viloyati Kogon tumani “Siyoz-poyon” mahallasi yoshlari egalladi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, “C” ligada hududiy bosqichlarda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish