12:56
Aliment haqida 7 ta muhim savolga javob
09:53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.
15:19
Yoshlar yetakchisi, balansi, daftari
15:07
SHIFOKOR BO‘LMOQCHIMAN
15:46
Kitob va internet bir-birini to‘ldirishi kerak(mi?)
18:40
Aliment miqdori, chet elga chiqishga taqiqni olib tashlash, alimentni kamaytirish: aliment bo‘yicha muhim 10 ta qoida
11:14
Yangi stipendiya: miqdori 1 020 ming soʻm!
23.5.2025 58
Bugun “Mahalla kutubxonasi” deya yangilik sifatida tilga olinayotgan maskanlar aslida o‘z ildizlariga ega.
23.5.2025 60
Bugungi kunga kelib, dunyo kino sanoati o‘zining yangicha yondashuv va uslubini qo‘llagan holda musiqali filmlar yaratmoqda.
23.5.2025 59
Zamonaviy dunyoda sog‘liqni saqlash, davolanish yoki go‘zallikni parvarishlash maqsadida xalqaro sayohat qilish tobora ommalashib bormoqda. Bu jarayon tibbiyot turizmi (yoki sog‘liqni saqlash turizmi) deb ataladi.
23.5.2025 56
Har birimiz hech boʻlmaganda bir marta bobomiz, amakimiz yoki togʻamiz bilan ob-havo haqida gaplashganmiz.
23.5.2025 60
Zamonaviy dunyoda kiber tahdidlar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.
23.5.2025 53
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) tadqiqotlariga ko‘ra, 2030-yilgacha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlarning 40 foizga yaqini avtomatlashtirilishi mumkin.
23.5.2025 72
Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bir paytda dunyo hamjamiyati nafaqat innovatsion yutuqlar, balki kiberxavflarning ham ko‘payishi bilan yuzlashmoqda. Bugungi kunda kiberhujumlar shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki tizimlarni ishdan chiqarishdan tashqari butun bir davlat yoki kompaniyaning iqtisodiy barqarorligiga tahdid soluvchi omilga aylangan. Kiberhujum – raqamli tizimlar, kompyuterlar yoki tarmoqlarga ataylab zarar yetkazish yoki ma’lumotlarni o‘g‘irlash maqsadida amalga oshiriladigan harakat. Bu hujumlar natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy zararlar tobora oshib bormoqda. Kiberhujumlar iqtisodga ikki yo‘l bilan zarar yetkazadi: bevosita va bilvosita. Bevosita zararlar quyidagilardan iborat: moliyaviy mablag‘larning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotilishi; tizimlarni tiklash xarajatlari; jarima va tovon to‘lovlari. Bilvosita zararlar esa: mijozlar ishonchini yo‘qotish; brend obro‘sining tushishi; bozor ulushining kamayishi; sud ishlari bilan bog‘liq xarajat kabilar. 2021-yilda AQShdagi “Colonial Pipeline” kompaniyasiga qilingan “ransomware” hujumi tufayli yoqilg‘i tarmog‘i vaqtincha to‘xtatilgan va kompaniya 4,4 million dollar tovon to‘lashga majbur bo‘lgan. Shu kabi hujumlar korxonalarni o‘z infratuzilmasiga jiddiy sarmoya kiritishga majbur qilmoqda. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda kiberjinoyat holatlari ortib bormoqda. 2023-yilda Ichki ishlar vazirligi kiberjinoyatlarga oid yuzlab holatlar bo‘yicha tergov ishlarini boshlagan. Bu esa, mahalliy kompaniyalar va tashkilotlar uchun xavfsizlikka e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda global miqyosda kiberxavfsizlik bozorining qiymati yuzlab milliard dollarni tashkil qiladi. Kompaniyalar axborot xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus IT mutaxassislar, dasturiy ta’minotlar, tahlil tizimlariga mablag‘ ajratmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari, innovatsion xizmatlar paydo bo‘lishiga ham zamin yaratmoqda. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar va so‘rovnomalar kiberhujumlarning iqtisodiyotga ta’sirini aniqroq ochib berdi. Masalan, 2024-yil oxirida IBM Security va Ponemon Institute tomonidan o‘tkazilgan global so‘rovnomada 17 mamlakatdagi 3 mingdan ortiq kompaniya ishtirok etgan. Unga ko‘ra, kiberhujum natijasida biror kompaniyaning o‘rtacha yo‘qotgan mablag‘i 4,45 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Shuningdek, Statistika platformasi orqali 2025-yil boshida o‘tkazilgan boshqa bir so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, respondent kompaniyalarning 68 foizi oxirgi 12 oy ichida kamida bitta kiberhujumga uchraganini bildirgan. Ulardan 52 foizi o‘z faoliyatida jiddiy moliyaviy yo‘qotishlar bo‘lganini tan olgan. O‘zbekistonda esa 2024-yil dekabr oyida AKT vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda kichik va o‘rta biznes vakillarining 37 foizi kiberxavfsizlik masalasini o‘z faoliyatida yetarlicha e’tiborga olmayotganini bildirgan. Bu esa mamlakatda kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorlikni oshirish va maxsus treninglar o‘tkazish zaruratini yana bir bor ko‘rsatadi. Kiberxavfsizlik bugungi kunda har bir davlat uchun ustuvor strategik yo‘nalishga aylangan. AQSh, Xitoy, Rossiya, Isroil va Yevropa Ittifoqi davlatlari yildan yilga kiberxavfsizlik byudjetini oshirmoqda. Masalan, AQSh 2024-yilda federal darajada kiberxavfsizlikka 13 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Bu mablag‘lar davlat idoralarining axborot tizimlarini himoyalash, kiber jinoyatlarga qarshi kurashish va texnologik imkoniyatlarni kengaytirishga sarflanmoqda. O‘zbekiston ham bu borada orqada emas. 2020-yilda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan va bu sohada bir qator davlat organlari, xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, yosh mutaxassislarni kiberxavfsizlik bo‘yicha tayyorlash maqsadida maxsus kurslar, grantlar va olimpiadalar tashkil qilinmoqda. Kiberhujumlarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish raqamli iqtisodiyotning ishonch asosida ishlashi uchun zarur shartdir. Onlayn savdo, elektron to‘lovlar, raqamli xizmatlar kabi sohalarning rivoji aynan foydalanuvchilarning tizimlarga bo‘lgan ishonchiga bog‘liq. Kiberhujumlar zamonaviy iqtisodiyot uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Ularning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun davlatlar, kompaniyalar va fuqarolar birgalikda harakat qilishi zarur. Texnologik taraqqiyot xavfsizlik bilan birga yurishi lozim. Shunday ekan, raqamli xavfsizlik – bugunning ham, kelajakning ham asosiy iqtisodiy kafolatlaridan biri.
23.5.2025 52
Dunyoda turli sport musobaqalari ko‘p. Ularning orasida eng ommalashganidan biri — yugurish bo‘yicha o‘tkaziladigan poygalar, ayniqsa marafon musobaqalaridir. Nega aynan marafon? Chunki bu sport turi o‘zining soddaligi va barcha uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Qimmat uskunalar kerak emas, murakkab qoidalar yo‘q — faqat iroda, bardosh va poyabzal. Shuning uchun ham marafon musobaqalari eng keng miqyosda o‘tkazilib, dunyo bo‘ylab millionlab ishtirokchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Marafon nomi bejizga qo‘yilmagan. Bu so‘z ortida qadimiy tarix, kurash va g‘alabaning ramzi yashiringan. Miloddan avvalgi 490-yilda greklar forslar ustidan g‘alaba qozongan Marafon jangi xotirasiga bog‘liq afsona mashhur: grek jarchisi Feydippid Marafon vodiysidan Afinagacha yugurib borib, “Shodlaning, g‘alaba qozondik!” degan xabarni yetkazadi va hushidan ketib, vafot etadi. Bu voqea, ehtimol, tarixiy haqiqat emasdir, lekin u bugungi marafonlar g‘oyaviy ildiziga aylangan. Zamonaviy sport tarixida marafon ilk bor 1896-yilda o‘tkazilgan birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Qizig‘i shundaki, qadimgi Yunonistonning o‘zida (miloddan avvalgi 776–milodiy 261-yillar) masofaga yugurish Olimpiya dasturida bo‘lmagan. O‘sha davrdagi eng uzoq yugurish musobaqalari 5 kilometrdan ham qisqaroq masofada o‘tkazilgan. Marafon afsonasining yana bir varianti mashhur tarixchi Gerodot tomonidan yozib qoldirilgan. Unga ko‘ra, Feydippid jangdan oldin yordam so‘rab Afinadan Spartaga yuborilgan. Bu holatni eslab qolish maqsadida bugungi kunda “Spartatlon” deb nomlangan 240 kilometrlik yugurish musobaqasi tashkil etiladi. Feydippidning fidoiyligi haqida ingliz shoiri Robert Brauning yozgan doston esa marafon haqidagi afsonani yanada mashhur qildi. Aynan shu asar zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoschisi hisoblangan fransuz baroni Per de Kuberten faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. De Kuberten Fransiyaning Prussiya bilan urushdagi mag‘lubiyatidan so‘ng xalq ruhiyatini tahlil qilishga kirishadi. U Britaniya maktablaridagi sport tarbiyasi tizimidan ilhomlanib, sportni fransuz ta’limiga kiritishni maqsad qiladi. Bu yo‘lda unga birinchi Olimpiya o‘yinlarini tashkil etgan Uilyam Bruks bilan uchrashuvi kuchli turtki bo‘ladi. 1892-yilda Olimpiya o‘yinlarini tiklash tashabbusi bilan chiqqan de Kuberten 1894-yilda Parijdagi Sorbonna universitetida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasiga asos soladi. O‘sha yig‘inda fransuz olimi Mishel Breal uzoq masofaga yugurishni — ya’ni marafonni — rasmiy dasturga kiritishni taklif etadi. Shu tariqa, marafon zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining ajralmas qismiga aylandi. Uning ilk marotaba o‘tkazilishi Marafon vodiysidan Afinadagi marmardan qayta qurilgan stadiongacha bo‘lgan 40 kilometrlik masofada amalga oshirilgan. Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab yirik shaharlari har yili marafon musobaqalariga mezbonlik qilmoqda. Ba’zi hollarda, bu tadbirlar hatto Olimpiya o‘yinlaridan ko‘ra ommaboproq bo‘lib qolgan. 1896-yilning o‘zida Parijdan Konflansgacha bo‘lgan ikkinchi marafon o‘yinlari bu sport turining tezda mashhurlashib borayotganidan darak bergandi. Hozirda Nyu-York, Tokio, Berlin, London, Boston kabi shaharlarda o‘tkaziladigan marafonlar butun dunyo bo‘ylab minglab yuguruvchilar va millionlab tomoshabinlarni o‘ziga tortmoqda. Marafon — shunchaki sport emas. Bu — qat’iyat, iroda va ruhiy bardosh timsoli. Har bir yuguruvchi, xoh professional, xoh havaskor bo‘lsin, marafon chizig‘ini bosib o‘tayotib, o‘zining ichki dushmanlarini, zaifliklarini yengadi.