Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ishning natijasi yil boshidagi rejaga bog‘liq(mi)? 

4.1.2024 1089

Elbek Shoyimqulov

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov hamda  Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘I Miraziz Mirsultonov Toshkent viloyati mahallalaridagi yoshlar yetakchilari bilan ovozli chatda onlayn muloqot o‘tkazdi.

Suhbatda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan yangi reja va maqsadlar hamda yoshlarni  tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan  diologga kirishildi.

 Muloqot davomida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish,  yoshlarni tashabbuslarini mahallalarda qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchilarining takliflari, mahallasidagi vaziyat atroflicha muhokama qilindi.

-  Yoshlar yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan onlayn suhbatda oldimizda turgan qator vazifalarni belgilab oldik.  Xususan, 2024 yil davomida viloyat bo‘yicha 100 ming nafar yoshlarga "IBRAT Academy" ilovasi orqali  til o‘rgatishni kelishib olindi.  Shuningdek, o‘g‘il-qizlarni  kasb-hunarga o‘qitish,  bitiruvchi yoshlar mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish kabi qator vazifalarni belgilab oldik. O‘ylaymanki, yil boshidan marrani baland olib, bir yoqadan bosh chiqarib ishni tashkil qilsak, natija ham shunga yarasha bo‘ladi, – dedi Miraziz Mirsultonov.

Onlayn muloqot davomida mahallalarda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish lozimligi aytib o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish