Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Jahon chempionati: 11 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun kurashadi

1.12.2023 1327

Armanistonning Yerevan shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining chorak final bahslarida 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

Chorak final bahslarida Sevara Mamatova, Maftuna Yangiyeva, Hikmatillo O‘lmasov, Akbar Ahmadov, Norbek Abdullayev, Islom Salihov o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozondi va yarim finalda jang qiladigan bo‘ldi. Afsuski, Rayhona Qurbonboyeva va Ruslan Esanovlar dunyo birinchiligidagi ishtirokini shu bosqichda yakunladi.  

Bugun musobaqaning yarim final doirasida quyidagi sportchilarimiz bahslarga kirishadi:  

Qizlar:  

- 75 kg: Maftuna Yangiyeva – Kritika Vasan (Hindiston)    

- 46 kg: Maftuna Musurmonova – Alkaniz Aparichi Klaudia (Ispaniya)  

+ 80 kg: Zaynab Shahobiddinova – Hevi Sammar (Belgiya)  

- 57 kg: Sevara Mamatova – Anastasiya Taratinova (Rossiya).  

O‘g‘il bolalar:  

- 70 kg: Nodirbek Abdullayev – Samvel Siramargyan (Armaniston)  

- 50 kg: Husan Qahhorov – Angel Dimitrov (Bolgariya)  

- 60 kg: Firuzjon Sa’dullayev – Akaki Bararia (Gruziya)  

- 63 kg: Hikmatullo O‘lmasov – Martinez Xaviyer (Ekvador)  

- 46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov – Darchinyan Pin (Armaniston)  

- 66 kg: Akbar Ahmadov – Argishti Xakobyan (Armaniston)  

+ 80 kg: Islom Salihov – Ivan Bogdanov (Rossiya).  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish