Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik ko'lami ortmoqda

27.2.2024 301

Yoshlar ovozi

2023-yilda O‘zbekistonda 3599 nafar voyaga yetmaganlar (13−17 yoshli) jinoyat sodir etgani uchun ro‘yxatga olindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 15,6 foizga (3112 ta) va 2021-yilga nisbatan (2595) 40 foizga ko‘pdir. Bu bo‘yicha Prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobot e’lon qildi.

2020-yilda 1276 ta (2023-yilga nisbatan 2,8 barobar kam), 2019-yilda esa 818 ta jinoyat qayd etilgan. Shunday qilib, besh yil ichida jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar soni 4,4 barobarga oshganini ko‘rish mumkin. 

Statistika agentligi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili jinoyat sodir etgan 3599 nafar voyaga yetmaganlarning 82,6 foizi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 744 nafari 13-15 yosh, 2855 nafari 16-17 yoshlilardir. Qizlarning ulushi 8,7 foiz - 314 kishini tashkil etdi.

Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar eng ko‘p Farg‘ona viloyatida qayd etilgan - 700 nafar. Keyingi o‘rinlarda Toshkent - 545, Namangan viloyati - 451 va Toshkent viloyati - 345 kishi. Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax - 54, Navoiy - 62 va Xorazm viloyatlarida - 66 kishi.

Jinoyat turlari bo‘yicha voyaga yetmaganlarning aksariyati yoki 1602 nafari o‘g‘rilik (bir yil avval - 1581 nafar), 453 nafari bezorilik (284 nafar), 135 nafari firibgarlik (134 nafar), 181 nafari talonchilik va bosqinchilik (162 nafar) sodir etgan, 104 nafari qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (74), 54 nafari - nomusga tegish va nomusga tegishga urinish (46), 27 kishi - tovlamachilik (16) 12 nafari esa qasddan odam o‘ldirish va odam o‘ldirishga urinish (10) jinoyatini sodir etgan.

Voyaga yetmaganlarning 57 nafari giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish yoki sotish, 121 nafari o‘limga olib kelmaydigan yo‘l-transport hodisalari, 4 nafari qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash yoki sotish kabi jinoyat qilgan.

Jinoyat sodir etilgan vaqtda ularning 2730 nafari talabalar, 510 nafari ishchilar, 148 nafari ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan, 8 nafari xizmatchilar, 190 nafari boshqa toifalarga mansub bolalar bo‘lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish