Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkentda eng sara daraxt va gullar taqdimoti boshlandi

28.4.2023 685

Xolida MUSULMON

Toshkentdagi Alisher Navoiy kutubxonasi maydonida “Green Art” ekofestivali doirasida mahalliy hamda horijiy mevali va manzalari daraxt, gul yetishtiruvchilar, oʻgʻit, sugʻorish tizimi uskunalari ishlab chiqaruvchilarining koʻrgazmali taqdimoti oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu taqdimot 27-28-29-aprel kunlari davomida namoyish etiladi.

Qiziquvchilar ushbu manzilga tashrif buyurib, goʻzal tabiat namunalaridan bahramand boʻlishlari mumkin.

Taqdimot manzili: Navoiy kutubxonasi maydoni. Moʻljal: “Yoshlar ijod saroyi” orqa tomoni.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish