Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Xorijda tahsil olayotgan faol yoshlar

6.12.2023 1294

Zafarbek Ro‘zmetov, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i

Yoshlar ittifoqi homiyligida mamlakatimizning diqqatga sazovor shaharlari bo‘ylab safar qildi

Joriy yil 9-20-oktabr kunlari Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi Rossiyaning Novosibirsk, Tomsk, Samara, Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammolarini o‘rgangan edi. Xizmat safari davomida Sankt-Peterburg shahrida tahsil olayotgan faol o‘zbekistonlik yoshlarning O‘zbekistonga safarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Belgilangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, Yoshlar ittifoqi homiyligida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Rossiya Federatsiyasidagi 21 nafar eng faol koordinatorlari Xorazm, Buxoro, Samarqand shaharlari va Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga safari tashkil etildi.

Dastlab yoshlar Ittifoqning Xorazm viloyati bo‘limi mas’ullari boshchiligida Xiva shahri bo‘ylab sayohat qildi, kunning ikkinchi yarmida yoshlar yetakchilari bilan tanishuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyatiga sayohatda esa qadimiy manzillar ziyorat qilindi. Shaharda joylashgan “Yoshlik” mahallasida shaxmat va futbol to‘garaklari faoliyati bilan yaqinda tanishildi. Mehmonlar mahalla faol yoshlariga TOP – 100 talik ro‘yxatga kirgan universitetlar va ularda o‘qish afzalliklari haqida ma’lumot berdi.

Samarqand sayohati davomida esa Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i va yoshlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilib, tajriba, bilim almashish maqsadida bir nechta takliflar bildirildi. Uchrashuvdan so‘ng qadimiy Samarqand bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Keyingi kunlarda esa Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida Rossiyadan kelgan yoshlar ishtirokida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti o‘qituvchilari tomonidan interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda yoshlar siyosatiga doir taklif va fikrlar, xorijiy tajriba asosida sohaga ilg‘or g‘oyalarni tatbiq etish yuzasidan fikr almashish maqsadida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temur Poyonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda xorijdagi yoshlar bilan ishlash borasidagi taklif va tashabbuslar tinglandi. Shu bilan birga yoshlarimiz Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan “Kreativ park” faoliyati bilan tanishib, tengdoshlari bilan muloqot qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish