Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar bandligi – bosh maqsad

18.12.2023 1111

Shavkat Rahmonov, Buxoro viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish” mavzusiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida har bir hududdagi alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar roʻyxatini shakllantirish va ularni hokimlar, sektor rahbarlari, OTM rektorlari va boshqa mutasaddilarga biriktirib, muammolariga yechim izlash, gʻamxoʻrlik qilish va doimiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyatida oʻtgan davrda qator ishlar amalga oshirildi.

“Yoshlar balansi” asosida Buxoro viloyatining 544 ta mahallasidagi 14-30 yoshdagi 472 ming 573 nafar yoshlar oʻrganilib, 3 ta toifaga ajratildi:

Qizil toifa – tarbiyasi ogʻir va alohida ishlashga muhtoj yoshlar 14 140 nafarni (3 %);

Sariq toifa – ishsiz, norasmiy band va vaqtincha mehnat qobiliyatiga ega boʻlmagan ijtimoiy muammolari bor yoshlar 202 319 nafarni (42,8 %);

Yashil toifa – davlat va xususiy sektor hamda taʼlimda band boʻlgan iqtidorli yoshlar 270 254 nafarni (57,2 %) tashkil qildi.

Aniqlangan 14 140 nafar “ogʻir” (qizil) toifadagi yoshlar viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi 284 ta rahbar hamda oʻrinbosarlarga (viloyat darajasidagi 64 nafar va tuman (shahar) darajasidagi 220 nafar) biriktirildi. “Ogʻir” (qizil) toifadagi yoshlar bilan masʼullar uchrashuvlar oʻtkazib, 11 008 nafar yoshlarda muammolar mavjudligi aniqlangan.

Shu vaqtga qadar 10 621 nafar (96,6 %) yoshlarning muammolari hal etilgan. Jumladan, yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish (577 nafar), asbob-uskuna va mehnat qurollari olish uchun subsidiya ajratish (481 nafar), doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish (1 043 nafar) boʻyicha kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etilgan. Ayni paytda 374 nafar yoshning muammolari koʻrib chiqilmoqda.

Kishilarning turmush darajasi, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar samaradorligi yoshlarning ish bilan taʼminlanishiga bogʻliqdir. Viloyatda 43 312 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida fuqarobay yoʻl xaritalari shakllantirildi. 2 706 nafar ishsiz yosh hamda joriy yilda taʼlim muassasalarini tamomlagan 39 850 nafar bitiruvchi (shundan 22 090 nafari maktab, 10 860 nafari professional taʼlim hamda 7 656 nafari OTM bitiruvchilari) bandligini taʼminlash boʻyicha aniq rejalar belgilab olindi.

22 090 nafar maktab bitiruvchilarining 12 126 nafari oliy taʼlim, 1 853 nafari professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi. Qolgan 8 111 nafar yoshning 7 941 nafari (98 %) hamda 21 405 nafar ishsiz yoshlardan 21 330 nafarinining (99,6 %) bandligi taminlandi.

Joriy yil boshidan buyon “Yoshlar daftari”ga 25 723 nafar yosh kiritilgan bo‘lib, shundan 21 307 nafari (82,8 %)ning muammolarini hal qilish madsadida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan 47 milliard 129 million soʻm sarflandi (“Yoshlar daftari” jamgʻarmasida jami 50 milliard 293 million soʻm mablagʻ shakllantirilgan). Jumladan, yoshlarni ish bilan taʼminlash (5 364 nafar),  yer maydoni ajratish (671 nafar), zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish (595 nafar) yoʻnalishlaridagi yordamlar diqqatga molikdir. Asbob-uskunalar va mehnat qurollari xarid qilish, kontrakt toʻlovlari, davolanish, safarbarlik chaqiruvi rezervi badalini qoplash hamda imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha keng ko‘lamli ishlar bajarilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4 413 nafar yoshning muammolari hal qilish jarayonida.

Viloyatda yoshlarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, huqubuzarliklarning oldini olishga qaratilgan jami 613 ta loyiha va tadbirga 160 340 nafar yoshlar qamrab olindi.  “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yil 1-mavsumida jami 269 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan. Musobaqa va tanlovlarning respublika bosqichida yoshlarimiz munosib qatnashib, 6 ta 1-, 14 ta 2-, 9 ta 3-, jami 29 ta oʻrinni qoʻlga kiritdi. Olimpiadaning 2023-yil 2-mavsumida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali 350 295 nafar yoshlar roʻyxatdan oʻtdi.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Besh tashabbus” olimpiadasi sport musobaqalari respublika bosqichida Buxoro viloyati 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi.

Buxoro viloyatida shaxmatni yanada rivojlantirish, yoshlar va aholi oʻrtasida shaxmatni ommalashtirish, shaxmatga qiziquvchi yoshlar uchun sharoitlar yaratib berish maqsadida “Yoshlar markazida” barcha qulayliklarga ega, mos ravishda jihozlangan 100 oʻrinli “Shaxmat klubi” va 20 oʻrinli shaxmat toʻgaragi xonasi faoliyat boshladi. Kogon shahar, Buxoro, Qorakoʻl, Gʻijduvon va Qorovulbozor tumanlarida zamonaviy jihozlangan “Shaxmat klub”lari tashkil qilish uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 152 million 525 ming soʻm ajratildi. Tuman(shahar)lardagi “Shaxmat klub”larida 500 nafarga yaqin yoshlar qamrab olinmoqda.

Buxoro viloyatida 3 861 ta jamoa hamda 22 569 nafar ishtirokchidan tarkib topgan
1 151 ta “Zakovat” klubi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Viloyatdagi 544 ta mahallada jami 1 823 ta jamoa shakllantirilib, 10 399 nafar mahalla yoshlari qamrab olingan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlarga zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun imkoniyat yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida ham viloyatda keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Loyiha doirasida tahsil olayotgan yoshlar soni 219 nafarni tashkil qilib, bugungi kun holatida 34 nafar yoshning 60 million soʻmlik xarajatlari qoplab berilgan. 185 nafar yoshning 266,7 million soʻm mablagʻlari toʻlab berish jarayonida.

Millisekundlar ham muhim ahamiyat kasb etadigan tezkor zamonda dunyo bilan hamqadam boʻlishdagi eng muhim omil, shubhasiz, kommunikatsiya va til vositasi sanaladi. Jahon tillarini oʻrganish nafaqat muloqot imkoniyatlarini oshiradi, balki shaxsning mehnat bozoridagi muvaffaqiyatini, kognitiv qobiliyatini, tafakkur diapazonini ham kengaytiradi. Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali viloyat boʻyicha jami 24 161 nafar fuqaroning chet tillarni oʻrganayotgani ham fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu yoʻnalishda 2021-yil 13-apreldan boshlab xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Buxoro viloyatida ham joriy yilning 11 oyi davomida 1 163 nafar yoshning 1 milliard 938 million soʻmlik imtihon pullari kompensatsiya qilib berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish