Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning bir turi bo'lib, lotincha “skulpo” so‘zidan olingan bo‘lib, qattiq materiallarga “qirqish, kesish, o‘yish, tarashlash” orqali ishlov berish ma’nosini anglatadi. Haykaltaroshlik ishlov berish usullari hamda makonda ma’lum hajmga ega bo‘lgan detallar, shakllar orqali tasvirlanadi. Uning “nafis haykaltaroshlik” turi ham mavjud. Bu usul haykaltaroshlikda “maishiy plastika” deb ataladi.
Nafis haykaltaroshlik buyumlari o‘zining nafisligi, kichik o‘lchamdaligi bilan ajralib turadi. Uni qo‘lga olib ko‘rish mumkin. Nafis haykaltaroshlikda kishining diqqatini o‘ziga tezda jalb qiluvchi materiallardan: chinni, sopol, yog‘och, metall va toshlarning qimmatbaho turlari, fíl suyagi va shu kabilardan foydalaniladi.
Haykaltaroshlikning maktab sharoitida keng tarqalgan turlaridan biri, loy yoki plastilin bilan ishlashdir. Ma’lumki, haykaltaroshlikni o‘rganishda qalamtasvir alohida ahamiyat kasb etadi. San’at sirlarini o‘rganishning keyingi bosqichi ham o‘z samarasini bera boshladi. Albatta, ilm va san’atni o‘rganish ustozlaming mehru mahoratlariga bog‘liq.
Ilhom Jabborov bilim yurti va san’at institutida ta’lim olgan yillaridayoq o‘zining iqtidori bilan ajralib turar edi. Shuning uchun ham u yaratgan asarlar rang-barangligi, kompozitsiyalarga boyligi bilan ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, uning “Hayol” nomli asari diqqatga sazovordir. Shunday qilib, Ilhom Jabborov o‘ta rang-barang haykallar yarata boshladi. Haykaltarosh bir qator allomalar obrazini yaratishga muvaffaq boldi.
Haykaltaroshlik - tasviriy san‘at turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar, tabiat va narsalar. Haykaltaroshlikning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma tasvir relyef turiga farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.
Haykaltaroshlikda ijodkor nursoya oʻyinidan foydalanish orqali asarning taʼsir kuchini oshirishga erishadi. Bu ayniqsa monumental va bezak haykaltaroshlik asarlari uchun qoʻl keladi, chunki maydon yoki hiyobonga oʻrnatilgan haykalga ertalabki quyosh nurlari bir joziba bersa, kechki kun botish paytidan quyosh nurlari boshqacha bir fayz kiritadi. Haykaltaroshlikda insonning tashqi koʻrinishi, sokin yoki harakatdagi holatini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi, asarda kechinmalar, hayajon, gʻamginlik va boshqalar oʻz ifodasini topadi.
Meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq boʻlgan monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi, ular oʻzida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega.
Biroq haykaltaroshlikning bu turi bevosita muhit, meʼmoriy insho-otlar hamda tabiat bilan uygʻun boʻlishi lozim, bu unga yanada ulugʻvorlik va taʼsirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlikka xos boʻlgan xislatlardan biri qahramonlarni koʻtarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar koʻrsatilmasligi mumkin.
Bezak haykaltaroshlikka istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va bogʻlar, shuningdek, meʼmoriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan boʻrtma tasvirlar, amaliy sanʼat buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panja-ra, badiiy darvozalar ham shu haykaltaroshlikning koʻrinishidir.
Dastgoh haykaltaroshligi mustaqil mazmunga ega boʻlgan, sanʼatning boshqa turlariga tobe boʻlmagan asarlar kiradi; ular koʻrgazmalar, muzey xonalariga va uylarning interyeriga qoʻyish uchun moʻljallanadi. Bu tur asarlarda voqelik oʻzining butun borligʻi bilan aks ettiriladi hamda inson ruhiyatidagi nozik o‘zgarishlar, uning ichki kechin-malari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta.
Dastgoh haykaltaroshlik asarlari byust, tors, haykal, haykalcha koloss, janrli haykal va boshqa koʻrinishda boʻladi. Kichik shakllar haykaltaroshda oʻz xarakteriga koʻra amaliy bezak sanʼatiga yaqin turadi. Bunga stol ustiga qoʻyiladigan sopol, chinni va boshqa xom ashyolardan ishlanadigan haykallar kiradi. Eng koʻp tarqalgan turlaridan biri terrakota; medal yasash sanati va gliptika ham shu turga mansub.
Haykaltarosh mahorati, toʻgʻri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat asarning taʼsirli boʻlishida muhim oʻrin tutadi. Haykaltaroshlik asarlari uchun tosh, granit, bronza, marmar, yogʻoch, metall, sement, gips kabi turli materiallar ishlatiladi. Haykaltaroshlikda tanlangan xom ashyo uning rangini belgilaydi. Xalq haykaltaroshligidagina haykallarni boʻyash hollari uchraydi.
Haykaltaroshlik asarlari yaratishda yumshoq moddalar, qattiq moddalardan kesib yoki oʻymakorlik bilan keraksiz qismlarini olib tashlash yoʻli bilan yaratiladi; suyuq holatdan qattiq holatga oʻtish xususiyatiga ega boʻlgan moddalardan qolip yordamida quyib ishlanadi; keramika haykaltaroshlik asarlari tayyorlashda maxsus loy navlaridan foydalaniladi, shakl boʻyama naqsh yoki rangli sir bilan qoplanadi va maxsus pechlarda kuydiriladi.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan dumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini inaxsus sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar. Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo'lib, ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish orqali amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi. Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi, shakllaring oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Dekorativ haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq kulol ustalarining dekorativ haykallaridan keng foydalanish bolalarni ijodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuni aytish joizki, О‘zbekiston о‘zining qisqa vaqtidagi mustaqillik yillari davomida iqdisodiy-ijtimoiy sohadagi yutuqlari bilan bir qatorda, mafkuraviy-ma’naviy, madaniy ishlarga e’tiborini kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida о‘z nufuzi va obrо‘sini yuqori kо‘tarmoqda. O`zbеkiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqilarga erishdi. O`zbеkiston san'ati zafarli yo`lni bosib o`tdi.
Haykaltaroshlik san'atining o'lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro`ziboеv faoliyatida yaqqol ko`rish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san'ati bilan shug`ullangan. Damir Ro`ziboеv haykataroshlik olamiga asoan 60- yillarda kirib kеldi. San'atkor ijodida shakl va hajmlarning o`ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va kеng qamrovligidan ham yaqqol sеzish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kеlamiz.


