Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

EduCO Fest yoshlar festivali

21.8.2023 4946

Xolida MUSULMON

Mirzo Ulug’bek nomidagi Markaziy xiyobonda (Central Park) Toshkentda ilk bor EduCO Fest yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Muxbirimiz Xolida Musulmon festivalda ishtirok etdi va reportaj tayyorladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ekologiya sohasidagi ta’limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

EduCO Fest — taʼlim va ekologiyaning o’zaro uyg’unligi boʻlib, Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega boʻlgan yashil taʼlim konseptsiyasini targʻib qilish, ularning Oʻzbekistondagi yashil taʼlim sohasidagi joriy va yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir dasturidan:

Yashil o’quv burchagi. “Pecha-kucha” formatidagi qisqa nutqlar. Taqdimotni hududiy yosh ekofaollar, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillari olib bordilar;

Eko Zakovat. 17−25 yoshli yosh ishtirokchilar jamoalari uchun ekologiya bo’yicha savollardan iborat viktorina o’yini;

SWAP Bozor;

Kiyimlarni bezash va bo’yash bo’yicha mahorat darsi;

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganish universiteti, hamkor va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan burchak;karyera burchagi;

“Dalahast” va “Nashvan"ning musiqiy chiqishlari o'rin olgan va yoshlar bu festivalda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish