Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“ATTO” TRANSPORT KARTASI u haqda nimalarni bilishimiz kerak?

28.3.2024 193

Poytaxt jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun birmuncha yengillik va qulayliklar yaratilgan. Xususan, “ATTO” kartalari ko‘pchilikning ortiqcha ovvoragarchiligiga barham berib, vaqt va mablag‘ jihatdan ularga foyda keltirmoqda.

Biroq metro va avtobuslarda chipta olish, to‘lov qilish uchun uzundan-uzun navbatalarni ko‘rib, ko‘pchilik bu kartalar borligidan bexabarmikan, degan fikr paydo bo‘ladi. “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatidan transport kartalarining turlari, ulardan foydalanish tartibi haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javob oldik.

 

“АТТО” nima?

“АТТО” transport kartasi Toshkent shahridagi jamoat transportidan foydalanishda yo‘l haqini to‘lash uchun tez va qulay to‘lov imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda “Toshshahartransxizmat” AJning barcha avtobuslarida va “Toshkent metropoliteni” Unitar korxonasining yer osti va yer usti bekatlari vestibyulidagi barcha turniketlarda qabul qilinmoqda.

 

Qanday turdagi kartalar mavjud?

Hozirgi vaqtda “АТТО” transport kartalarining to‘rt turi mavjud. O‘quvchi (yashil), talaba (sariq), ijtimoiy – nafaqaxo‘r va nogironlar uchun (qizil), umumiy transport kartasi (ko‘k).

 

Agar karta balansi 1700 so‘mdan kam bo‘lsa, nima bo‘ladi?

Agar “АТТО” transport kartasi balansida 1700 so‘mdan kam mablag‘ bo‘lsa, to‘lov qilinmagan qatnov xavfining oldini olish uchun transport kartasi avtomatik tarzda vaqtincha bloklanadi.

Transport kartasi vaqtincha bloklangan kartalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, uning balansini to‘ldirishingiz kerak. Vaqtinchalik bloklangan karta balansini 10 daqiqa ichida avtomatik rejimda to‘ldirgandan so‘ng, u blokdan chiqariladi va foydalanishga yaroqli hisoblanadi.

 

Imtiyozli transport karta egasi uni yo‘qotib qo‘ysa nima bo‘ladi?

Agar yo‘lovchi o‘zining imtiyozli transport kartasini yo‘qotgan va mazkur kartadagi tarif summasi tugamagan taqdirda, “Toshshahartransxizmat”ning “ATTO” bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga murojaat qilishi kerak. Bunda yo‘lovchilardan transport kartasining raqamlarini va fuqarolik pasporti (yoki ID-karta) taqdim etish so‘raladi. Yo‘lovchi maxsus ariza shaklini to‘ldirib, avvalgi kartasini bekor qiladi va nomiga yangi karta oladi. Karta to‘lovi 10 000 so‘m.

O‘z muxbirimiz

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish