12:56
Aliment haqida 7 ta muhim savolga javob
09:53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.
15:19
Yoshlar yetakchisi, balansi, daftari
15:07
SHIFOKOR BO‘LMOQCHIMAN
15:46
Kitob va internet bir-birini to‘ldirishi kerak(mi?)
18:40
Aliment miqdori, chet elga chiqishga taqiqni olib tashlash, alimentni kamaytirish: aliment bo‘yicha muhim 10 ta qoida
11:14
Yangi stipendiya: miqdori 1 020 ming soʻm!
20.10.2025 263
U har bir millatning qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita.
17.10.2025 314
2010-yilda mamlakatimizda chop etilayotgan ro‘znoma va haftanomalar soni 649 tani tashkil etgan.
15.10.2025 248
So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonning startap ekotizimi sezilarli darajada kengaydi.
13.10.2025 259
Yoshlarning bilimini O‘zbekistonga olib kirish, ularni yurt taraqqiyotiga jalb etish davlatning eng muhim maqsadi.
11.10.2025 210
Yetakchi tashabbusi bilan “Yoshlar bandligi” dasturi doirasida 72 nafar yosh ijtimoiy faoliyatga jalb etildi.
7.10.2025 158
Oltiariq tumani dehqonchilik madaniyati, mehnatsevar xalqi va boy agrar an’analari bilan mashhur.
28.9.2025 237
Ustozlik martabasi dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb sanaladi. Ustoz har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug‘” degan ibratli o‘giti zamirida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtiromi mujassamdir. Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yechimida ilm-fanning hayot va amaliyot, ishlab chiqarish bilan o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. E’tirof etish kerak, davlatimiz tomonidan, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi islohotlari asosida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga mas’ul muallim va professor-o‘qituvchilar faoliyatiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bil’aks, jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, yurtimizda har yili 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng miqyosda nishonlanadi. Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab bayram tantanalari davom etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham sana munosabati bilan “Sizga ehtirom – aziz ustozlar!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Tantanali marosimni Akademiya rektori Muzaffar Kamilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Talabalarga bilim va tarbiya berayotgan ustoz hamda murabbiylarni kasb bayramlari bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasini tubdan isloh etish jarayonida o‘qituvchi va murabbiylarga izzat-ehtirom ko‘rsatish, ularni kuchli ijtimoiy himoyalash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, islom dinining asl mohiyati, butun dunyo sivilizatsiyasi rivojiga tamal toshini qo‘ygan ajdodlarimizning bebaho ma’naviy merosini yoshlarga har tomonlama chuqur va mufassal o‘rgatishda ustoz va murabbiylarning hissasi salmoqli ekanini qayd etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ilm har qanday zamonda va makonda ham najot yo‘li, zulmatni yorituvchi nur, insonni kamolotga yetaklovchi buyuk ne’mat sanalishini ta’kidlashdi. Tantanali marosimda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ahadjon Hasanov hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Mavluda Xodjayeva Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga fidoyiligi va intellektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lgan bir guruh pedagog xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Rasmiy tadbirlardan so‘ng Akademiya talabalari tomonidan she’r-qo‘shiqlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Xalqimiz qalbidan joy olgan san’atkorlarning qo‘shiqlariga bayram tadbiriga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Akademiyada tashkil etilgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
18.9.2025 256
2023-yilda dunyo bo‘yicha SI bozorining umumiy hajmi 240 milliard dollardan oshdi, xalqaro tadqiqot kompaniyalari prognozlariga ko‘ra 2030-yilga kelib bu raqam 1,8 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Sun’iy intellekt global iqtisodiy tizimning markazlaridan biriga aylanyapti. Bunday katta imkoniyatlar fonida yangi bir yo‘nalish tug‘ildi. “Prompt engineering” deb nomlangan soha insonning fikrlashi va muloqot qobiliyatiga tayangan yo‘nalish hisoblanadi. “Prompt” ingliz tilida “ko‘rsatma”, “signal”, “savol” degan ma’nolarni anglatadi. Prompt injenering – so‘rovlarni to‘g‘ri tuzish, aniq va samarali shakllantirish san’ati. Masalan, siz SI algoritmlariga oddiygina “Menga sport haqida yoz” deb so‘rov bersangiz, sun’iy intellekt umumiy, yuzaki ma’lumotlarni chiqaradi. Ammo “Marafon yuguruvchilari uchun 6 haftalik mashg‘ulot rejasi, ovqatlanish tavsiyalari va motivatsion maslahatlar yozib ber” deb topshiriq bersangiz, natija ancha chuqur va amaliy bo‘ladi. Shu farqni yaratib beradigan ko‘nikma prompt injenering deyiladi. Har bir asrda yangi savodxonlik shakllanadi. Bir vaqtlar yozishni bilish insonni jamiyatda ustun qilgan, keyinroq kompyuter savodxonligi zarur bo‘ldi, endi SI bilan to‘g‘ri gaplasha olish ham yangi bir yo‘nalish. Prompt injeneringning ustunliklari bir necha jihatda namoyon bo‘ladi, masalan, tezkorlik. Aniq yozilgan prompt bir zumda natija beradi. McKinsey xalqaro instituti hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellektdan samarali foydalanish 2030-yilgacha dunyo yalpi ichki mahsulotiga 13 trillion dollar qo‘shishi mumkin. Bu jarayonda prompt injenering muhim rol o‘ynaydi. Chunki natijaning sifati to‘g‘ri so‘rovga bog‘liq. Ikkinchi jihat – samaradorlik. Masalan, bir marketing mutaxassisi reklama strategiyasini ishlab chiqishga odatda bir necha kun vaqt sarflasa, to‘g‘ri yozilgan buyruq yordamida bu ishni bir necha soatda bajarish mumkin. Prompt injenering insonni yangi g‘oya va yondashuvlarga yetaklaydi. 2022-yilda dunyoda 1 milliondan ortiq yangi kitob, qo‘shiq va rasm SI yordamida yaratilgani qayd etilgan. Bu raqam so‘rov-buyruqlarning qanchalik ijodiy bo‘lishiga bevosita bog‘liq. Bugun prompt muhandisi dunyo bozorida eng talabgir mutaxassislardan biriga aylanmoqda. AQShda bunday mutaxassislarning o‘rtacha yillik maoshi 120–150 ming dollarni tashkil etsa, ba’zi kompaniyalarda bu ko‘rsatkich 300 ming dollargacha chiqqan. Yevropada ham bu mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Chunki kompaniyalar sun’iy intellekt tizimlarini o‘z faoliyatiga joriy etar ekan, ularni samarali boshqaradigan mutaxassis zarur. Frilanserlik bozorida ham bu kasbning istiqboli keng. “Upwork” va “Fiverr” kabi platformalarda prompt injenering bo‘yicha xizmatlar soni 2022-yildan beri 400 foizga oshgani qayd etilgan. Demak, bu soha ofis ishidan tashqari mustaqil daromad topishda ham katta imkoniyatlarni taqdim etadi.