Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

11.11.2026 96

Ta’lim: QISHLOQDAGI IQTIDOR SHAHARDAGI IMKONIYATGA EGAMI?

Bir bola Toshkentda, ikkinchisi chekka qishloqda tugʻildi. Ikkovi ham matematikaga qiziqadi, murakkab masalalarni yechishga urinadi, ikkisining ham kelajakda olim boʻlish orzusi bor. Ammo birining maktabida fan toʻgaragi, malakali ustoz va olimpiadaga tayyorlaydigan murabbiy bor. Ikkinchisi esa darslikdagi mavzularni oʻzlashtirish bilan cheklanadi. Bir necha yil oʻtib, birinchi bola nufuzli universitetga kiradi. Ikkinchisi esa oʻz qobiliyatini toʻliq namoyon etolmay, boshqa yoʻlni tanlaydi. Shunda biz birinchi bolaning muvaffaqiyatini uning iqtidori va mehnati, tizimdagi islohotlar bilan izohlaymiz...

11.11.2026 68

ELGA ELCHILIK QAYTDI

Nafsilambrini aytganda, maktab ham, qishloq ham lanj bir kayfiyatda edi. “Shiddatli rivojlanish” televizorda ko‘ringan xolos.

11.11.2026 80

QO‘RQITIB EMAS, ISHONTIRIB TARBIYALANADI!

UNICEFning 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston uchun oʻtkazgan koʻp koʻrsatkichli soʻrovi natijalariga koʻra, 1 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning 62 foizi tarbiya jarayonida jismoniy jazo va psixologik tajovuzga, yaʼni zoʻravonlik asosidagi tarbiya usullariga duch kelgan.

11.11.2026 70

ATIGI 3% O‘SMIR SOG‘LOM OVQATLANADI

O‘smirlik – muhim rivojlanish davri, organizm tez o‘sadi, miya rivojlanadi, jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar yuz beradi. Ovqatlanish bu jarayonlarning barchasiga ta’sir qiladi. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha maktab yoshidagi bolalarning 21 foizi har kuni sabzavot, 34 foizi esa meva iste’mol qilmaydi. Lekin 42 foiz bola har kuni shirin gazlangan ichimliklar ichadi, 46 foizi esa haftasiga kamida bir marta “fast food” yeydi. UNICEFning 2025-yilda o‘tkazilgan tadqiqoti hisobotida sog‘lom ovqatlanadigan o‘smirlar ulushi 3 foizdan ham kamligi qayd etilgan.

11.11.2026 78

Haydovchilik guvohnomasi: Imtihon narxlari asoslimi?

Haydovchilik guvohnomasini olish moddiy jihatdan emas, bilim va malaka talabi jihatidan ogʻir boʻlishi maqsadga muvofiq.

8.10.2026 734

1 017 TA TAQDIR VA MEN: Imkoniyatni men ko‘rsataman, eshikni yoshlarning o‘zi ochadi

Har bir kasbning o‘z mas’uliyati, o‘ziga yarasha sharafi bor. Men esa bundan to‘rt yil avval mahalladagi yoshlar yetakchisi bo‘lishdek mas’uliyatni tanladim.

8.10.2026 707

YOSHLARGA IMKON BERILSA, NATIJA BO‘LADI

Samarqand tumanidagi Mirishkor mahallasida yoshlar bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – ularning bandligini ta’minlash. Yil boshida ishsiz sifatida ro‘yxatda turgan 24 nafar yoshning qiziqishi, kasbiy salohiyati va oilaviy sharoiti o‘rganilib, manzilli choralar belgilandi. Natijada 15 nafari tadbirkorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlardan so‘ng mebel sexi va asfalt zavodiga ishga joylashtirildi. Yana 16 nafar yosh doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 5 nafar yoshga imtiyozli kreditlar ajratildi, 2 nafari subsidiyalar asosida zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlandi, yana 2 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. Mazkur chora-tadbirlar yoshlarning uzoq muddatli bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. – Mahallamizdagi har bir yoshning bandligi va kelajagi biz uchun eng muhim vazifalardan ekanligi uchun ishsiz yoshlarning har biri bilan yakka tartibda ishlashga, ularning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojidan kelib chiqib amaliy yechimlar topishga alohida e’tibor qaratdik, – deydi Mirishkor mahallasi yoshlar yetakchisi Sabina Ahmedova. – Bugungi natijalar – jamoaviy sa’y-harakatlar samarasi. Kelgusida ham mahallamizda yoshlar bandligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida izchil ishlashda davom etamiz. Mirishkor mahallasi balansi: Aholi: 3239 nafar; Yoshlar: 812 nafar; Xotin-qizlar: 420 nafar.   “Yashil” toifa: 536 nafar; “Sariq” toifa: 276 nafar; “Qizil” toifa: 3 nafar. Mahalla drayveri: dehqonchilik va chorvachilik. “Bitiruvchi yoshlar” dasturi Mirishkor mahallasida 2025-yilda amalga oshirilgan muhim loyihalardan biri “Bitiruvchi yoshlar” dasturi bo‘ldi. Dastur doirasida 24 nafar bitiruvchi yosh to‘liq qamrab olindi. Ularning mehnat bozoriga kirishi, ta’limni davom ettirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi bo‘yicha individual yo‘l xaritalari ishlab chiqildi. Natijada: 11 nafari mehnat bozoriga kirib keldi; 3 nafari oliy ta’limni davom ettirdi; 2 nafari o‘qishini davom ettirishga qaror qildi; 4 nafari kredit asosida qo‘llab-quvvatlandi; 2 nafari doimiy ishga joylashtirildi. Yil yakuniga kelib dastur ishtirokchilarining 23 nafarining bandligi ta’minlandi. Mahalla iqtisodiyotining tayanchi Sabina Ahmedovaning faoliyatida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish alohida o‘rin tutadi. 17 nafar yoshga jami 230 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Ushbu mablag‘lar evaziga yoshlar xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘z bizneslarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, migratsiyadan qaytgan 28 yoshli Diyor Uralboyevga ko‘rsatilgan amaliy yordam e’tiborga molik. Unga imtiyozli kredit olishda ko‘maklashildi va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunda uning ustaxonasi yaxshigina daromad keltiryapti, shuningdek, yana ikki nafar yosh – Xurshid Ismatov hamda Ruslan Sayitqulov ham doimiy ishli bo‘ldi. – Xorijiy migratsiyadan qaytgach, o‘z faoliyatimni boshlash va oilam uchun barqaror daromad manbayi yaratishni maqsad qilgandim. Yoshlar yetakchisi ko‘rsatgan amaliy yordam, xususan, imtiyozli kredit olishdagi ko‘mak orzularimni ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutdi. Ustaxonam orqali yana ikki nafar yoshni doimiy ish bilan ta’minladim, – deydi Diyor Uralboyev.   Mahallada “Yoshlar daftari”ga kiritilgan og‘ir toifadagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari ham izchil olib borildi. Homiylar ko‘magida 25 yoshli Gulsanam Tilabovaga tikuv mashinasi olib berildi. Endi u tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, oilasiga daromad keltirmoqda. 27 yoshli Shahboz Abduvohidov esa payvandlash apparati bilan ta’minlandi. Hozir payvandlash xizmatlarini ko‘rsatish orqali barqaror daromadga ega. Mirishkor mahallasida xorijda mehnat qilayotgan 43 nafar yosh bilan muntazam onlayn muloqot olib boriladi. Migratsiyadan qaytgan 6 nafar yoshning bandligi ta’minlanib, doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Sport va intellektual tanlovlarda yuqori natijalar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarda mahalla yoshlari faol qatnashib kelmoqda. Rayhona To‘lqinboyeva shaxmat bo‘yicha viloyat bosqichida uchinchi o‘rinni egalladi. Ozoda Abdujabborova shashka bo‘yicha viloyat bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Azizbek Umarov “Yoshlar ovozi” tanlovining viloyat bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shaxsina Usmonova esa “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi. Sabina Ahmedovaning o‘zi ham “Yetakchi camp” loyihasining 4-avlod ishtirokchisi. 2026-yilning ikkinchi choragida eng namunali yetakchilarning top 100 reytingidan joy oldi. Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan. Mahalladagi ijtimoiy muhit Yoshlar bilan tizimli ishlash natijasida Mirishkor mahallasi ishsizlik va jinoyatchilikdan xoli hudud sifatida e’tirof etilmoqda. Mahalladagi umumta’lim maktabiga tashabbusli byudjet loyihasi orqali zamonaviy texnologiyalar va jihozlar olib kelindi. Homiylar bilan hamkorlikda maktab kutubxonasi 420 dona yangi badiiy adabiyot bilan boyitildi.

8.10.2026 704

0,5 ball va 2 million soʻm Tez yordamga yo‘l bermaslik shunchalik arzonmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam va maxsus xizmat mashinalariga yo‘l bermagan haydovchilar aks etgan videolar tez-tez tarqalib turadi. Sirenasi yoqilgan, mayoqchalari yoniq tez yordam mashinasi tirbandlik orasidan yo‘l izlaydi. Kimningdir hayoti uchun sanalayotgan soniyalar... Oldinda ketayotgan haydovchi esa xotirjam. Go‘yo orqasida tez yordam emas, oddiy avtomobil kelayotgandek. Ba’zan u yo‘l bermaydi, ba’zan esa tezlikni oshirib, shunchaki oldinga o‘tib oladi. Bunday tasvirlar tarqalib ketsa, ijtimoiy tarmoqlarda g‘azabli izohlar yog‘iladi: “Bunday haydovchini jazolash kerak!”, “Guvohnomasini olib qo‘yish shart!”, “Odamning jonidan muhim nima bor?” Tez yordam mashinasi sirena yoqqan holda harakatlanayotgan bo‘lsa, uning ichida yordamga muhtoj bemor yoki unga yetib borishga shoshayotgan shifokorlar bor. Bir manzilda yurak xuruji, boshqa joyda og‘ir qon ketishi, yana bir xonadonda ahvoli og‘irlashgan yosh bola bo‘lishi mumkin. O‘t o‘chiruvchi mashina esa yong‘in tomon shoshadi, har bir soniya olovning yana bir xonaga, yana bir qavatga yetib borishi yoki yana bir inson hayotiga nuqta qo‘yishi degani. Shunday paytda yo‘l bermayotgan haydovchi uchun bu atigi bir necha soniyalik yutuqdir. Lekin yordam kutayotgan odam uchun o‘sha soniyalar butunlay boshqa qiymatga ega. Amaldagi jazo yetarlimi? Har safar shunday video tarqalganda haydovchi tarmoqda qoralanadi. Shaxsiy ma’lumotlari izlanadi, haqorat qilinadi, ommaviy ravishda uyaltirishga urinishadi. Lekin bu muammoni hal qilmaydi. Bugun bitta haydovchini sazoyi qilish mumkin, ertaga esa boshqa biri xuddi shu xatoni takrorlayveradi. Chunki tizim ijtimoiy tarmoqdagi g‘azab bilan emas, aniq qoida, muqarrar jazo va yuqori madaniyat bilan ishlaydi. Shuning uchun masalani “Bu haydovchini qanday jazolaymiz?” emas, “Boshqalar ham bunday qilishga jur’at etmasligi uchun nima qilish kerak?” degan rakursga burish lozim. Yaqindagina Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan “Mercedes-Benz” haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirildi. Amaldagi tartibga ko‘ra, maxsus xizmat transportining o‘tishiga xalaqit berish BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming so‘m) miqdorida jarimaga va 0,5 jarima baliga sabab bo‘ladi. Xoʻsh, inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan bunday qoidabuzarlik uchun amaldagi jazo yetarlimi? Jazo qanday bo‘lishi kerak? Bu borada mutaxassislar va jamoatchilik tomonidan ilgari surilayotgan bir nechta qat’iy takliflar bor:  * Jarima miqdorini oshirish: bunday qoidabuzarlik uchun dastlabki holatdayoq kamida BHMning 15 baravari miqdorida jarima belgilash. Agar haydovchi bir yil ichida xuddi shu qilmishni takrorlasa, haydovchilik huquqidan mahrum qilish.  * Jarima balini ko‘paytirish: inson hayotiga xavf soluvchi holat uchun 0,5 ball o‘ta yengil jazo. Jarima balini kamida 1,5 balga ko‘tarish zarur.  * 50 foizlik chegirmani bekor qilish: qoidabuzarlik uchun jarimani tezroq to‘lashda qo‘llanadigan 50 foizli chegirma mexanizmini inson hayotiga daxldor bunday holatlar uchun qo‘llamaslik. Bu majburiyat! Toʻgʻri, tez yordamga yo‘l berganingiz uchun sizga medal berishmaydi, hech kim qarsak ham chalmaydi. Chunki siz shunchaki o‘z majburiyatingizni bajargan bo‘lasiz. Lekin o‘sha oddiy harakatingiz kimningdir shifoxonaga bir necha daqiqa oldin yetib borishini ta’minlaydi. O‘sha sanoqli daqiqalar esa kimningdir hayotini saqlab qoladi. Yo‘llardagi tartib faqat svetofor va chiziqlar majmui emas. Bu – jamiyatning bir-biriga bo‘lgan hurmati. Sirena eshitilganda yo‘l ochish esa qoidaga bo‘ysunishdan ham kattaroq narsa. O‘z harakatingiz orqali taqdim etgan o‘sha bir necha soniya hayot va o‘lim o‘rtasidagi masofa vaqti bo‘lishi mumkin.

Batafsil

VIDEOROLIKLAR

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish